Gvardiola: "Rodri ko‘proq dam olishi kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning yarim himoyachisi Rodri Ernandesning tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi.
Futbolchi tizzasining xochsimon paylari yirtilgani tufayli shifoxonada yotibdi.
"Rodri nima uchun jarohat oldi? O‘tgan mavsumda u 75 o‘yin o‘tkazdi. Unga NBAdagidek ta’til bering, ular bir necha oy dam oladilar.
Shundan so‘ng Rodri kuchga to‘ladi va xohlasa, yana 80ta o‘yin o‘tkazadi. Ammo buning uchun u ko‘proq dam olishi kerak", - dedi ispaniyalik mutaxassis.