"PSJ" sobiq futbolchisi: "Klub men uchun haddan tashqari ko‘p pul so‘radi"
Hozirda Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi yarim himoyachisi Danilo Pereyra o‘tgan yozda "PSJ"dan top-klubga o‘tishi mumkinligini esladi.
"Men "Atletiko Madrid" va "Portu" bilan muzokaralar olib bordim. Ushbu transferlar moliyaviy sabablarga ko‘ra bloklandi. "PSJ" haddan tashqari ko‘p pul so‘radi", - dedi 33 yoshli futbolchi.
"Ittihod" portugaliyalik futbolchini "PSJ"dan 5 million yevroga sotib oldi.