Braziliya prezidenti Yevropada o‘ynaydigan futbolchilarni terma jamoaga chaqimaslik taklifini berdi
Braziliya prezidenti Lula da Silva noodatiy bayonot bilan chiqdi. Uning fikricha, Yevropa klublari futbolchilari mamlakat terma jamoasida o‘ynamasligi kerak.
"Chet elda o‘ynaganlar bu yerda o‘ynaganlardan ustun emas. Anchadan beri faqat Braziliyada o‘ynayotganlarni terma jamoaga chaqirish kerakligini aytaman. Chet eldan kelgan futbolchilarga emas, ularga imkoniyat berishimiz kerak. Garrincha ham, Romario ham yo‘q. Bizda yerda yosh futbolchilar bor, lekin yulduzlar yo‘q", - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi jahon OAVlari.