“Brayton” hujumchisiga APLning top klubi da’vogar
“Brayton” hujumchisi Joau Pedru faoliyatini Angliya premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin.
Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.
Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli braziliyalik hujumchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Kanonirlar" markaziy hujumchi pozisiyasini kuchaytirishlari kerak. Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida Pedru to‘qqizta o‘yinda ishtirok etdi.
Hujumchi to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.