"PSJ" futbolchisi Luis Enrikeni himoya qildi
Fransiya chempioni ayni damda qiyin davrni boshdan kechirmoqda.
"PSJ" hozirda Chempionlar ligasining navbatdagi bosqichini o‘tkazib yuborish xavfi ostida va Liga 1da ketma-ket ikkita durang o‘ynadi. Shunga qaramay, jamoa sardori Markinyos o‘z murabbiyining ishini yuqori baholadi.
"U juda talabchan. Aniq falsafasi bor, unga hamma amal qiladi. Hamma Enrikeni yaxshi ko‘radi va Luis o‘z futbolchilariga juda yaqin. U bilan til topishish oson", deydi jamoa sardori.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini 10 dekabr kuni safarda “Zalsburg”ga qarshi o‘tkazadi.