"Yuventus" bosh murabbiyi muxlislarning noroziligi bo‘yicha fikr bildirdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Tiago Motta muxlislarning jamoa natijalaridan noroziligi haqida gapirdi.
Shanba kungi A Seriya 15-tur uchrashuvida "byankonerilar" "Bolonya" bilan ochko bo‘lishdi – 2:2. Turinliklar chempionatda hamon mag‘lubiyatga uchramagan, ammo bir nyuanc bor – atigi oltita g‘alaba. Jamoa barcha turnirlarda o‘tkazgan so‘nggi to‘qqizta o‘yinning yettitasida durang qayd etgan.
"Bolonya" bilan uchrashuvning ikkinchi yarmida "Yuventus" muxlislari noroziliklarini ochiqchasiga bildirishdi. O‘yin yakunlangach, jurnalistlar murabbiydan bu haqda so‘rashdi.
"Men sizga natijalarimizni baholash imkoniyatini beraman. Men futbolchilar bilan ishlashda davom etaman, ularning saviyasini oshirishga harakat qilaman. Biz kuchliroq bo‘lish va raqiblarimiz bilan yaxshiroq to‘qnash kelish uchun hamma narsani qilyapmiz", - dedi Motta DAZN nashriga bergan intervyusida.