Gvardiola De Bryuynening kelajagi haqidagi savolga javob berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kevin De Bryuynening kelajagi haqida fikr bildirdi. Xabaringiz bor, belgiyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
"Men bu shartnoma muzokaralarida ishtirok etmayman. De Bryuyne qoldirgan meros klubda abadiy qoladi. Albatta, klub boshidan kechirayotgan bir paytda vaziyat qiyin. Vaqti kelganda biz yaxshiroq yechim topishimiz kerak”, dedi Gvardiola matbuot anjumanida jurnalistlarga.
“Manchester Siti” navbatdagi o‘yinini 7 dekabr, shanba kuni mehmonda “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazadi.