Isko Messini faoliyatidagi eng qiyin beshta raqibdan biri sifatida qayd etdi
«Betis» yarim himoyachisi Isko qaysi futbolchilarga qarshi o‘ynash eng qiyin bo‘lgan, degan savolga javob berdi.
«Eng murakkab beshta raqib? Messi, Grizmann, Neymar, Luis Suares, shuningdek, Rudiger, u ko‘p zarba beradi» - dedi Isko.
Eslatib o‘tamiz, Isko «Valensiya», «Sevilya», «Malaga», «Real» va «Betis»da o‘ynashga ulgurgan.