Ibrahimovich: "Menga Germaniyadan hech qachon taklif bo‘lmagan"
"Milan"ning sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Germaniya chempionati va xususan, Myunxenning "Bavariya"si haqida gapirdi.
"Germaniyadagi futbol aql bovar qilmaydigan darajada. Menga bu mamlakatdagi stadionlar yoqadi, chunki ular doimo gavjum. Bu klub tarixi va futbolchilarning saviyasini hisobga olsak, o‘sha "Bavariya"da o‘ynash yaxshi bo‘lardi. Men uchun "Bavariya" dunyodagi eng katta klublardan biri.
Men nemis futboli va Germaniya terma jamoasini juda yaxshi ko‘raman, lekin ular meni sotib ololmadilar. Lekin hazilni bir chetga surib aytsam, menga Germaniyadan hech qanday taklif bo‘lmagan. Bu ajoyib bo‘lardi, ammo taqdirning boshqa rejalari bor ekan", - deydi Ibrahimovich.