"Bolonya"ning sobiq futbolchilari A Seriya tomonidan e’tirof etildi
Rikkardo Kalafyori va Joshua Zirkzee yozda Angliyaga ko‘chib o‘tishdi, ammo o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari evaziga A Seriyada e’tirof etildi.
Italiyalik himoyachi va niderlandiyalik hujumchi so‘nggi mavsum yakunida "Bolonya"ga sensasion tarzda Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishiga yordam berdi.
Yozda Kalafyori "Arsenal"ga, Zirkzee esa "Manchester Yunayted"ga o‘tdi.
Ikkala futbolchi ham dushanba kuni Gran Gala del Calcio 2024 marosimida A Seriya 2023/24 yilning eng yaxshi jamoasi tarkibiga kiritildi.
Shuningdek, jamoada Yann Zommer, Alessandro Bastoni, Federiko Dimarko, Nikolo Barella, Hakan Chalxano‘g‘lu, Lautaro Martines va Markus Tyuram o‘rin oldi - ularning barchasi chempion bo‘lgan "Inter" vakillari edi.