Ouen: "Real"da bosim juda kuchli"
Yozda "Real Madrid"ga o‘tgan Kilian Mbappe, shubhasiz, sport faoliyatidagi eng qiyin davrlardan birini boshdan kechirmoqda. Fransiya terma jamoasi sardori o‘yin inqirozini boshidan kechirmoqda, shu sabab ham u juda ko‘p tanqidlarga uchradi.
"Liverpul"ni tark etib, "Real"ga o‘tgan Maykl Ouen ham La Ligada o‘ynaganida o‘ziga yarasha muammolarga duch kelgan. The Athletic nashriga bergan intervyusida 2001 yilgi "Oltin to‘p" sohibi Ispaniya poytaxtidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Real Madrid - bu futbolchi uchun muqaddas joy. Ammo bosim shunchalik kuchliki, hatto nafas ololmaysiz. Men Madridga o‘tishga qaror qilganimdan so‘ng, faoliyatim ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘ydim" - dedi ingliz.
Ouen "Real Madrid"da bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazgan (2004/05), u "Los-Blankos" tarkibida 45 o‘yinda 16 gol va 4 golga assistentlik qilgan.