"Arsenal" APLda nega "Chelsi"dan yuqorida ekanligi ma’lum qilindi
O‘n uch turdan so‘ng APLda qiziq vaziyat yuzaga keldi. "Arsenal" va "Chelsi" ochkolar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni bo‘lishdi. Ularda 25 ochkodan bor. Shu bilan birga, London jamoalari o‘rtasida urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi bir xil – 26:14 (+12).
Matbuot "Arsenal" alifbo tartibida jadvalda yuqori o‘rinni egallab turgani haqida yozishni boshladi. The Standard nashri xabar qilganidek, aslida bunday emas. Agar ochkolar va gollar bir xil bo‘lsa, jamoalar o‘zaro o‘yinlar asosida taqqoslanadi. Bu erda "Arsenal" va "Chelsi"da ham tenglik bor ular 1:1 hisobida durang o‘ynashdi.
Xo‘sh, nega "kanonirlar" yuqorida? Chunki ularning o‘zaro o‘yini "Chelsi" stadionida bo‘lib o‘tgan.