"Chelsi" joriy Konferensiyalar ligasida urilgan gollar bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda
Shu haftada Konferensiyalar ligasida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Aytish joizki, turda katta hisobli o‘yinlar kam bo‘ldi. Ular orasida Angliyaning "Chelsi" va Germaniyaning "Xaydenxaym" klublari o‘rtasidagi uchrashuv ham bor, unda londonliklar atigi ikkita gol urgan.
Biroq bu "Chelsi"ning to‘rt turdan so‘ng urilgan gollar bo‘yicha Konferensiyalar ligasida peshqadam bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi. Enso Mareska shogirdlari "Gent" (4:2), "Panatinaikos" (4:1), "Noa" (8:0) va "Xaydenxaym" (2:0) bilan uchrashuvlarda 18 ta gol urishga erishdi.
"Chelsi"ning Konferensiyalar ligasining navbatdagi turidagi raqibi "Astana". Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.