Sancho "Chelsi" Konferensiyalar ligasini yutmoqchi ekanligini aytdi
Londonning “Chelsi” jamoasida to‘p tepayotgan hujumkor yarim himoyachi Jeydon Sancho Konferensiyalar ligasining umumiy bosqichida o‘z jamoasining Germaniyaning “Xaydenxaym” klubi ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi. “Pensionerlar” raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.
"Jamoamiz boshidan oxirigacha borishni istaydi. "Chelsi" bu turnirda g‘alaba qozonish niyatida. Biroq, biz har qanday musobaqaga shu munosabat bilan kiramiz. Biz o‘yindan o‘yinga o‘tamiz. Umid qilamanki, biz kerakli natijalarni qo‘lga kiritamiz", - deb yozadi UEFA matbuot xizmati Sancho so‘zlarini.
Ayni vaqtda London jamoasi 12 ochko bilan Konferensiyalar ligasi turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.