Devis mast holda mashina haydab qo‘lga tushdi
Germaniyaning "Bavariya" klubi himoyachisi Alfonso Devis mast holatda mashinani boshqarayotgan vaqtida polisiya patruli tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Blick nashri.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, alkotester kanadalik futbolchining qonida 0,6 ppm spirt borligini aniqlagan. Endi Devis 500 yevro miqdorida jarimaga tortilishi va bir oyga mashinani boshqarish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
Joriy mavsumda 24 yoshli Alfonso Devis “Bavariya” safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.