Alfonso Devis mast holda mashina haydagan
"Bavariya" klubi futbolchisi Alfonso Devis mast holda mashina haydagani haqida Blick nashri xabar bermoqda. Bu Myunxenda tunda sodir bo‘ldi.
Endi 24 yoshli himoyachi 500 yevro jarima va bir oyga haydovchilik huquqidan mahrum etilishi mumkin.
Devis joriy mavsumda barcha rasmiy turnirlarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda u uchta golli uzatmani amalga oshirdi.