"Inter" prezidenti xayron
"Inter" prezidenti Beppe Marotta jamoa hujumchisi Lautaro Martines FIFAning nufuzli "The Best" mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilmaganidan xafa bo‘ldi.
"Bunday ajoyib mavsumdan keyin Lautaroning nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagani g‘alati va meni xafa qildi. U, albatta, ko‘proq hurmat va e’tirofga loyiqdir, xayronman", - dedi Marotta.
"Inter" rahbarining ta’kidlashicha, bunday qaror Martinesning nafaqat statistik ko‘rsatkichlari, balki uning jamoa muvaffaqiyatiga qo‘shgan hal qiluvchi hissasini ham hisobga olmaydi. "Bunday darajadagi o‘yinchilar e’tibordan chetda qolsa, bu yomon signal", - deya qo‘shimcha qildi Marotta.
29 noyabr kuni FIFA 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e’lon qilgan edi.