Saudiya klublari Premyer-liganing ikki yulduzi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan
Saudiya klublari "Liverpul" superyulduzi Muhammad Salohni qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega deb hisoblamoqda va shuningdek, Premyer-liganing eng yaxshi pleymeykerlaridan biri, "Manchester Siti" futbolchisi Kevin De Bryuyne bilan muzokaralar o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Professional ligasi Davlat investisiya jamg‘armasi bilan birgalikda o‘z ligasining yuziga aylanish uchun yulduz futbolchilarni qidirishda davom etmoqda.
"Al-Ittihod" va "An-Nasr" 33 yoshli Kevin De Bryuyne bilan shartnoma imzolash uchun kurashishga tayyor, "Al-Hilol" esa Muhammad Salohni erkin agent sifatida olmoqchi. 32 yoshli misrlik bu g‘oyaga to‘liq ochiq ekani tushuniladi, u avvalroq "Al-Ittihod" bilan dastlabki muzokaralar chog‘ida o‘z roziligini bergan, biroq "Liverpul" ularning 150 million funtlik taklifini rad etgan.
Muhammad Salohning "Liverpul" bilan va Kevin de Bryuynening "Manchester Siti" bilan shartnomalari joriy mavsum oxirida tugaydi.