Gvardiola "Liverpul" bilan o‘yin APLda hal qiluvchi bo‘ladimi, degan savolga javob berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yakshanba kuni "Liverpul"ga yutqazsa, jamoaning chempionlik poygasi tugaydimi, degan savolga javob berdi. Hozirda “shaharliklar” va “qizillar” o‘rtasida sakkiz ochko bor.
"Biz yashayotgan vaziyatda katta maqsadlar haqida o‘ylash haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Vaziyat shundan iboratki, biz faqat keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz va tezlikni oshirishga harakat qilishimiz kerak. Yaxshi formada ham noyabr-dekabr oylarida APLda g‘alaba qozonish haqida o‘ylashning iloji yo‘q.
“Liverpul” bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va ular yaxshi formada. Ular barcha komponentlarda, ayniqsa jarima maydonchasida kuchli. Men doim aprel-may oylarida maqsadlar haqida o‘ylayman. Yakshanba kuni natijaga erisha olmasak, bizga qiyinroq bo‘ladi, ammo oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor", - dedi Gvardiola jurnalistlarga.