Musialaning kumirlari «Barsa»chilar bo‘lgan
«Bavariya» va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jamol Musiala o‘z kumirlari haqida gapirdi.
«Mening kumirlarim – Messi va Ronaldinyo! Men ular ishtirokidagi o‘nlab videolarni ko‘rardim. Kichkina paytim menda Zidanning ham libosi bo‘lardi. Men Messidan zavq olardim va u har doim meni hayratda qoldirardi
Men Leo va Neymarni kuzatib o‘sdim. Ularning o‘yini menga katta zavq va qiziqish bag‘ishlardi. Leoning gol urishlarini, Neymarning to‘p bilan har xil tryuklar qilishini ko‘rganimda doim qotib qolardim. Keyin ko‘chaga chiqib, ularga taqlid qilishga urinardim», - dedi Musiala.