Skaloni: "Messi dam olishi kerak bo‘lganda ham o‘ynaydi"
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni futbolchilarning klublardagi o‘yin amaliyoti haqida gapirdi.
"Bizga o‘yinchilar kerak, keyin esa ularning har birining darajasini aniqlashimiz mumkin. Messiga kelsak, hammasi butunlay boshqacha. U doimo o‘ynaydi, hatto dam olish kerak bo‘lganda ham. Uning uchun 100% tayyor bo‘lishi va muammolarga duch kelmasligi qiyin, ammo bu normal holat", - deya Skaloni so‘zlarini keltiradi ESPN.