Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni futbolchilarning klublardagi o‘yin amaliyoti haqida gapirdi.
"Bizga o‘yinchilar kerak, keyin esa ularning har birining darajasini aniqlashimiz mumkin. Messiga kelsak, hammasi butunlay boshqacha. U doimo o‘ynaydi, hatto dam olish kerak bo‘lganda ham. Uning uchun 100% tayyor bo‘lishi va muammolarga duch kelmasligi qiyin, ammo bu normal holat", - deya Skaloni so‘zlarini keltiradi ESPN.