Ibragimovich o‘zining ramziy jamoasiga yetti kishini kiritdi
"Milan"ning sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich o‘zining ramziy jamoasini tuzdi.
"Men hech kimni xafa qilishni xohlamayman, chunki men buyuk futbolchilar bilan o‘ynaganman. Men buni tezda qilaman ...
Buffon darvozada. Agar siz 2-3-1 sxemasini tanlasangiz, himoyaga kimni qo‘yish kerak? Tiago Silva va Nesta. Men Xavini markazga, Nedvedni o‘ng qanotga qo‘yaman. Inyestani chapga qo‘yaman. Messini hujumga qo‘yaman. O‘zim esa murabbiy bo‘laman", - deb Ibragimovich so‘zlarini keltiradi MilanNews24.
42 yoshli Ibrahimovich 2023 yilning yozida faoliyatini yakunlagan edi.