Rafinya: "Messi – boshqa dunyoning futbolchisi"
"Barselona" vingeri Rafinya Dias Lamin Yamalni klubning sobiq yulduzlari bilan solishtirdi.
17 yoshli ispaniyalikni ko‘pincha yangi Lionel Messi deb atashadi - nafaqat iqtidori, balki o‘yin uslubidagi o‘xshashliklari uchun ham.
"Messi boshqa dunyoning futbolchisi, uning o‘yinini tushuntirib bo‘lmaydi. Yamal ham xuddi shunday ketyaptimi? Men uning Neymarga o‘xshashligini ko‘proq ko‘raman - driblingida, raqiblarini qanchalik tez mag‘lub etishida.
Agar siz undan to‘pni olib qo‘yaman deb o‘ylasangiz, u siz ilgari hech qachon ko‘rmagan ishni qiladi", - dedi Rafinya.