Benites: "O‘zimni kechirishni o‘rgandim"
Dani Benites giyohvandlik haqida gapirdi.
"Granada"ning sobiq vingeri 2014 yilda giyohvandlik moddalarni iste’mol qilgan holda ushlangan. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan doping testida futbolchining qonida kokain borligi aniqlangan.
Intervyuda Benites bir paytlar futbol uni xursand qilmayotganini, shuning uchun u spirtli ichimliklar va kokainga qaram bo‘lib qolganini tan oldi. U "Granada" bilan mashg‘ulot o‘tkazish chog‘ida dori ishlatgan.
“Men ketaman yoki o‘z jonimga qasd qilaman... Yoki tubdan o‘zgaradigan kunim keladi.
Eng muhimi, o‘zimni kechirishni o‘rganish kerak edi. Hozir ham yomon kun o‘tkazishim mumkin, ammo ertasi kuni o‘rnimdan turib, endi barchasini o‘zgartiraman, deya so‘z beraman", - deb esladi Benites.
Ko‘p yillik terapiya kursini o‘tagan 37 yoshli futbolchi Ispaniya 3-divizionidagi «Arenas Armilla» klubida o‘ynaydi.