Xummels "Roma"ning so‘nggi kunlardagi yangiliklariga munosabat bildirdi
"Roma" markaziy himoyachisi Mats Xummels o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida klub haqidagi so‘nggi yangiliklarga munosabat bildirdi.
Xummels o‘zining Instagram sahifasida qo‘lida telefon tutgan suratini joylashtirdi va yuzida xavotir ifodasi bilan suratga tushdi.
"So‘nggi 72 soat ichidagi men", deb yozgan germaniyalik futbolchi.
Rimliklar yangi murabbiy nomini hali rasman e’lon qilishmagan.