Richchining o‘rnini kim egallashi ma’lum
"Torino" yarim himoyachisi Samuele Richchi Italiya terma jamoasi bazasini tark etadi.
Qaror futbolchining tibbiy holatidan kelib chiqqan holda qabul qilingan. "A Seriya klublari bilan kelishuvimiz bor: agar futbolchi jarohati xavfi ostida bo‘lsa, u ketadi", - dedi Italiya bosh murabbiyi Luchano Spaletti matbuot anjumanida.
Natijada "Yuventus"dan Manuel Lokatelli zudlik bilan Italiya terma jamoasiga chaqirilgan. Lokatelli oxirgi marta terma jamoaga mart oyida chaqirilgandi.