Bundesliganing yosh yulduzi uchun "Arsenal" va "Liverpul" kurash olib boradi
"Liverpul", "Tottenxem" va "Arsenal" Frankfurtning "Ayntraxt" klubining yosh shved yarim himoyachisi Xugo Larssonning o‘yinlarini kuzatib borishmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Premyer-liga va boshqa Bundesliga klublarining kuchli qiziqishiga qaramay, Larsson Frankfurtda o‘zini yaxshi his qilyapti. Shvesiyalik futbolchi yaqinda shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi.
Xugo Larsson 2023 yilda Frankfurtning “Ayntraxt” klubiga o‘tgan edi. Futbolchi Germaniya jamoasi safida 53 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda u beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.