«Bavariya» safiga iqtidorli futbolchi kelib qo‘shiladi
«Los-Anjeles» vingeri Badjang Darbo Myunxenning «Bavariya» klubiga o‘tadi.
Qayd etilishicha, transfer summasi 1,5 million dollarni tashkil qiladi. Futbolchi yanvar oyida jamoaga kelib qo‘shiladi. 2022 yilda u «Bavariya»da mashg‘ulot o‘tkazgan edi.
18 yoshli futbolchi «Los-Anjeles» safida 2023 yildan beri to‘p tepadi. U hali AQSH klubi asosiy tarkibida o‘ynamagan, yoshlar jamoasida esa 14 ta o‘yin o‘tkazgan. AQSH U-17 terma jamoasida ham 2 ta o‘yin o‘tkazgan.