«Aston Villa» ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchramoqda
Birmingemning «Aston Villa» jamoasi kecha YECHL 4-turida «Bryugge»ga imkoniyatni boy berdi - 0:1.
Jamoa so‘nggi 5 ta o‘yindan 3 tasida mag‘lub bo‘ldi, 1 durang va yana 1 g‘alabaga erishdi.
Birmingemliklar so‘nggi 3 ta o‘yinida ketma-ket mag‘lubiyatga uchrashmoqda - «Kristal Pelas»dan (1:2), «Tottenxem»dan (1:4), «Bryugge» (0:1).
Jamoa navbatdagi o‘yinini 10 noyabr kuni «Liverpul»ga qarshi safarda o‘tkazadi.