Anri: "Mbappega "to‘qqizlik"da o‘ynash yoqmayapti"
Tyerri Anri Kilian Mbappening "Real"dagi o‘yiniga baho berdi.
Fransiyalik hujumchi Chempionlar ligasi doirasidagi “Milan”ga qarshi o‘yinda (1:3) samara bermadi.
"Menimcha, jamoa undan hafsalasi pir bo‘ldi va buni tushuna olaman, bu oson emas. Kilian Mbappe ko‘proq ishlashi kerak. Unga vaqt berish kerak, lekin ayni paytda u "to‘qqizlik"da o‘ynashni o‘rganishi kerak, o‘zini isbotlash istagi va irodasiga ega bo‘lishi kerak.
Men u "to‘qqizlik" futbolchisi emasligini tushunaman. Men unga yoqmasligini tushunaman. Ammo Bellinggemga qarang. "O‘nlik" chiziqni buzishga harakat qiladi, orqaga yuguradi, qaytib keladi, himoyalanadi... Sizningcha, Bellingem himoyaga qaytishni yoqtiradimi? U buni qilish kerakligi uchun qiladi.
Albatta, Mbappe yaxshiroq o‘ynaydi, bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin emas. Biz undan Didye Drogbaga o‘xshab to‘pni ushlab turishini so‘ramaymiz, to‘pni olib, butun jamoani aldab o‘tishini so‘ramaymiz, jamoa hujum qilayotgan paytda o‘yin ko‘rsatishini so‘raymiz. Siz "to‘qqizlik"mi, "o‘nlik"mi yoki qanot hujumchisimisiz, siz tezlasha olishingiz kerak. Hatto birinchi bo‘limda Ryudiger ham tezlashdi", - dedi "Arsenal"ning sobiq hujumchisi CBS Sports telekanalida.