Kaka: "Morataning "Milan"ga kelganidan xursand bo‘ldim"
"Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Kaka hujumchi Alvaro Morata haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Morata "Milan"ga o‘tganidan juda xursandman, Ispaniya chempioni jamoasi sardori jamoaga katta foyda keltirishi mumkin.
U 22-raqamini xohlagani uchun menga qo‘ng‘iroq qildi. Men unga bu mening emas, balki hammaniki ekanligini aytdim. U boshqa raqamni tanladi, lekin u menga bu haqda qo‘ng‘iroq qilgani juda yoqimli ishora va hurmat edi. Unga va "Milan"ga eng yaxshi tilaklarimni tilayman" - dedi Kaka.
Morata yozda "Milan" bilan shartnoma imzolagan edi. Shartnoma 2028 yilning 30 iyuniga qadar, yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
"Milan" futbolchi uchun 13 million yevro tovon puli to‘lagan.
Joriy mavsumda 32 yoshli forvard italiyaliklar safida 11 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.