Ispaniyalik hujumchi muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda
Ispaniya terma jamoasi va “Milan” hujumchisi Alvaro Morata yana penaltini amalga oshira olmadi.
"Qizil furiya" sardori Millatlar ligasi doirasida Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yinning 54-daqiqasida nuqtaga keldi, biroq noaniqlik ko‘rsatdi.
Opta xabariga ko‘ra, 31 yoshli forvard o‘zining so‘nggi yettita penaltisidan atigi uchtasida gol urgan.