Kurtua navbatdagi ikki o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtuani jarohatidan qaytarishga shoshilmaydi.
Manbaning xabariga ko‘ra, belgiyalik bilan suhbat o‘tkazilgan, unda unga tavakkal qilmaslik tavsiya qilingan. Qayd etilishicha, jarohati takrorlanmasligi uchun kerak bo‘lsa, "Milan" bilan Chempionlar ligasi va "Osasuna" bilan La Liga o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan ma’qul.
Kurtua joriy mavsumda ikkinchi marta mushaklaridan jarohat oldi. "Barselona" bilan oldingi o‘yinda (0:4) uning o‘rniga Andrey Lunin maydonga tushgandi.