Fayzullayev: "Pyanichdan tajriba olaman"
Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi Abbosbek Fayzullayev yulduz jamoadoshi Miralyem Pyanich haqida gapirdi.
U o‘tgan yilning sentyabrida Moskvaning SSKA jamoasiga kelib qo‘shilgandi.
"Birgalikda mashg‘ulot o‘tkazish va o‘yindan zavq va tajriba olaman. Pyanich - jamoaga ko‘p narsa olib keladigan jahon darajasidagi futbolchi.
U bilan o‘ynash oson", - dedi Fayzullayev Match TV kanali bilan suhbatda.