Roy Kin ten Xegning "MYU"dan ishdan bo‘shatilishiga munosabat bildirdi
"Manchester Yunayted" va Irlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Roy Kin "mankunianliklar" klubidan Erik ten Xagning chetlatilishiga munosabat bildirdi.
"Yaxshi jamoalarda murabbiylar futbolchilarni javobgarlikka tortishadi. Ajoyib jamoalar futbolchilarni javobgarlikka tortadi", - deb yozdi Kin ijtimoiy tarmoqda.
Bir kun oldin, 28 oktyabr kuni "MYU" ten Xag iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Erik qo‘l ostida "qizil iblislar" 2023 yilda Liga kubogini, 2024 yilda esa Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.