Xau ham Ten Xagga hamdardlik bildirdi
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau "Manchester Yunayted"dan Erik ten Xagning iste’foga chiqarilishi haqidagi savolga javob berdi.
"Menimcha, murabbiy ishini yo‘qotsa, doim qayg‘uli vaziyat bo‘ladi. Har doim hamdardlik lahzasi bo‘ladi. Har bir klub boshqacha, lekin eng yuqori darajada ishlash hech qachon osonlashmaydi. Men Ten Xagga hamdardman", dedi Xau seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Erik ten Xag "Manchester Yunayted"dan jamoaning "Vest Xem"dan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatidan keyingi kun ishdan bo‘shatildi. Hozirda "qizil iblislar" Angliya chempionati turnir jadvalida atigi 14-o‘rinni egallab turibdi.