"Chelsi" himoyachisiga vaqt berdi
Londonning "Chelsi" klubi 18 yoshli qanot himoyachisi Josh Achimpong bilan tezroq shartnomani yangilamoqchi.
Futbolchi bilan amaldagi kelishuv 2026 yilda yakunlanadi. "Aristokratlar" o‘ng qanot himoyachisiga kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun vaqt beradi.
Avvalroq Achimpong xizmatlariga "Real" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.