"Arsenal" Kalafyorini qanchaga yo‘qotdi?
Rikkardo Kalafyorining jarohati unchalik jiddiy bo‘lib chiqmadi.
"Arsenal"ning 22 yoshli himoyachisi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgandi.
Londonliklar hali Kalafyori jarohatining og‘irligi haqida xabar berishmadi, biroq italiyalikning atrofidagilar uning tizzasidagi jarohati avval taxmin qilinganidan unchalik jiddiy emasligiga ishonishadi.
Sky xabariga ko‘ra, futbolchining o‘ng tizzasining medial tayanch bo‘g‘imida ozgina shikastlangan. U bir necha hafta o‘tkazib yuborishi mumkin.