«Xoffenxaym» futbolchisi RPLga yo‘l olishi mumkin
Germaniyaning «Xoffenxaym» klubi yarim himoyachisi Diadi Samasseku Germaniya chempionatini Rossiya Premyer-ligasiga o‘zgartirishi mumkin.
Bu haqda Africafoot jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli malilik futbolchining xizmatlariga Moskvaning SSKA klubi qiziqish bildirmoqda.
Nemis klubi futbolchini tekinga yo‘qotmaslik uchun uni yanvarda sotishga tayyor.
Samassekuning "Xoffenxaym" bilan shartnomasi kelasi yilning yozigacha amal qiladi. Afrikalikning Yevropada ham ish topish imkoniyatlari bor. "Bazel", "Mayns" va "Byornli" uni sotib olmoqchi.