Feliks "Chelsi"dagi o‘yin vaqti kamligi haqida gapirdi
Joau Feliks "Chelsi"dagi o‘yin amaliyoti haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi APLda 5 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va o‘rtacha 23 daqiqani maydonda o‘tkazdi.
"Raqobat jiddiy bo‘lishini tushundim. Lekin men ishlash uchun keldim. Men nimaga qodirligimni bilaman. Bu vaqt masalasi.
"Chelsi" bilan shartnoma imzolashdan oldin Enso Mareska bilan gaplashdim.
Menga uning aytganlari yoqdi. Uning futbol haqidagi fikrlashi menga yoqadi", - deydi Joau Feliks.