Fonseka: "G‘alabalardan so‘ng ishlash yoqimli"
"Milan" bosh murabbiyi Paulu Fonseka Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-tur doirasida "Bryugge" bilan o‘tkaziladigan uy o‘yinidan kutilmalari haqida gapirdi.
- "Milan" ustida quyosh yana charaqlayaptimi?
- Ehtimol shundaydir, va bu quyosh ajoyib. G‘alabalardan so‘ng ishlash yoqimli. Bu o‘ziga ishonchni oshiradi va jamoada yanada ijobiy muhit yaratadi. Ertaga ham Chempionlar ligasi o‘yinida g‘alaba qozonishimiz shart", - dedi mutaxassis.
Bahs Toshkent vaqti bilan 21:45 da start oladi.