Segundadagi bir bahsda mojaro yuzaga keldi
Segundaning 10-turidan o‘rin olgan "Deportivo" hamda "Eldense" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Riazorda bo‘lib o‘tdi va durang natija bilan yakunlandi - 1:1.
O‘yindan so‘ng mehmonlar kiyim almashtirish xonasidan zargarlik buyumlari, pul va boshqa qimmatbaho buyumlar yo‘qolib qolgani haqida xabar berishdi.
"Klub tegishli shikoyat yozdi va "Deportivo"ni bundan xabardor qildi. Polisiya allaqachon ushbu holatni tekshirmoqda.
Tashkilotimiz mahalliy klubdan yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni so‘raydi", — deyiladi xabarda.
Cope xabariga ko‘ra, to‘rt nafar futbolchidan pul va boshqa qimmatbaho narsalar yo‘qolgan. O‘yinchilardan biri sirg‘a va uzukni yo‘qotib qo‘yganini ma’lum qilgan.