Bonuchchi murabbiylik lisenziyasini qo‘lga kiritdi
"Yuventus" va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchini endi murabbiy deb hisoblash mumkin.
37 yoshli sobiq markaziy himoyachi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, UYEFAning B toifali murabbiylik lisenziyasini qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi jurnalist Jovanni Albaneze. Kelajakda Bonuchchi UYEFA A licenziyasini olishni rejalashtirmoqda, ammo hozirda tajribasiz murabbiy B Seriyada murabbiylik qilish huquqiga ega va endilikda A Seriya klublarining yoshlar jamoalarida Yevropa chempioni uchun bo‘sh o‘rinlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Leonardo Bonuchchi futbolchilik faoliyatini shu yozda yakunlagan edi.