Futzal. Xorvatiya terma jamoasi Buxoroga yetib keldi
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 10 sentyabr kuni Xorvatiya milliy terma jamoasi Buxoroga yetib keldi.
O‘FA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Xorvatiya milliy terma jamoasi delegasiyasini kutib oldi hamda odatga ko‘ra mehmonlarga esdalik sovg‘asi sifatida milliy do‘ppimiz sovg‘a qilindi.