"Yuventus" himoyachisi: "Durangdan hafsalamiz pir bo‘ldi"
Italiya futbolida o‘n to‘qqizinchi turning qoldirilgan o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, “Atalanta” Turinning “Yuventus” klubi bilan o‘ynadi va bir ochko qo‘lga kiritdi – ikkinchi bo‘limda jamoalar bittadan gol urishdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida "Yuventus" safida gol muallifi "Milan"ning sobiq futbolchisi Pyer Kalyulyu bo‘ldi.
O‘yindan so‘ng u xafa bo‘lganini tan oldi.
"Durangdan hafsalamiz pir bo‘ldi. Avvaliga hamma narsa yaxshi edi. O‘tkazib yuborilgan gol oqshomni biroz xiralashtirdi.
Golga kelsak, Uestonning uzatmasidan keyin menda imkoniyat paydo bo‘ldi. Men urinib ko‘rdim va hammasi yaxshi yakunlandi", deya Kalyulyuning so‘zlarini keltiradi Juvenews.eu.