Marhum futbolchining katta qarzi borligi aniqlandi
Sven-Yoran Erikssonning 10,25 million yevro qarzi bor.
Angliya terma jamoasi, «Manchester Siti», «Lasio» va «Roma» klublarining sobiq ustozi 26 avgust kuni 76 yoshida vafot etgandi.
O‘tgan yilning yanvar oyida Erikssonga saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Sven-Yoran Eriksson o‘limidan so‘ng nashr etilgan o‘zining "Ajoyib sayohat" nomli avtobiografiyasida 2007 yilda bankrot bo‘lish arafasida turganini aytdi.
Sababi, u «Manchester Siti»ni boshqargan vaqtida maslahatchi yollagan, u Erikssonning so‘zlariga ko‘ra, uni taxminan 100 million shved kronasiga (8,7 million yevro) aldagan.
Bankrotlikdan qochish uchun shved mutaxassisi Tailandda, keyin BAA va Xitoyda ish takliflarini qabul qildi.
Seshanba kuni Erikssonning mulkini inventarizasiya qilish uchun ariza Shvesiya soliq agentligiga topshirildi. Ushbu hujjat uning aktivlari va qarzlarining umumiy miqdorini ko‘rsatadi.
Uning vafoti vaqtida aktivlari 66 million shved kronasini (5,8 million yevro) tashkil etgan, biroq inventarizasiya natijasida 118 million krona (10,25 million yevro) qarzlari ham aniqlangan. Bu meros taqchilligi 4,4 million yevrodan oshganini bildiradi.
Eng katta qarz moddasi Buyuk Britaniyaning soliq majburiyatlari bo‘lib, 8,6 million yevroga baholanadi.