"Monako" qatorasiga to‘rtinchi bor Fransiya kubogida penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi
Fransiya kubogining 1/16 final o‘yini yakunlandi, unda Aleksandr Golovin boshchiligidagi “Monako” “Reyms”ga penaltilar seriyasida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi (asosiy vaqt – 1:1).
Shu tariqa, monegaskliklar o‘yindan keyingi zarbalar seriyasida ketma-ket to‘rtinchi bor turnirdan chiqib ketishdi.
2023/24 yilgi mavsumda ularni "Ruan", 2022/23 yilda "Rodez" , 2021/22 yilda esa “Nant” musobaqadan chiqarib yuborgan.
Klub kubokning asosiy vaqtida 2020/21 yilgi mavsumda mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda "Monako" finalda "PSJ"ga yutqazgan (0:2).