Yoro: "Mening alohida kumirim yo‘q"
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Leni Yoro futbol olamidagi kumiri haqidagi savolga javob berdi.
19 yoshli fransuz "Lill"dan ko‘chib o‘tganidan keyin Angliyadagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda. “Mening alohida kumirim yo‘q. Kimni ko‘proq eslayman? Albatta, Serxio Ramos.
Yoshligimda u "Real Madrid"da edi va o‘sha paytda u fenomenal edi", - deya "qizil iblislar" safida barcha musobaqalarda sakkizta o‘yin o‘tkazgan Yoroning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Pro:Direct Soccer.