Gakpo sermahsullik qayd etmoqda
Kecha APL 20-turi doirasida "Liverpul" hamda "MYU" o‘zaro bellashdi. 2:2 hisobida yakunlangan o‘yinda Kodi Gakpo Slot jamoasi safida gollardan biriga mualliflik qildi.
Kodi joriy mavsum ancha sermahsul harakat qilmoqda. U 28 o‘yinda 12+4 natija qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" kelgusi o‘yinni 9 yanvar tunda Angliya liga kubogi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o‘tkazadi.